Qirg`iziston chegara xizmati ma`lumotlariga tayanib Zamon.uz'ning xabar berishicha, voqea bugun tushdan keyin sodir bo`lgan.
Qirg`izistonning bir necha fuqarosi otlar yordamida kontrabanda yukni O`zbekistonga olib kirishga harakat qilishgan. Davlat chegarasi chizig`ida o`zbek chegarachilari ularni sezib qolishgan. Hibsga olishga jarayonida chegara buzuvchilar harbiylarning to`xtash va taslim bo`lish buyrug`iga bo`ysunmagan, orada janjal, mushtlashuv kelib chiqqan.
"O`z hayoti va sog`lig`ini saqlab qolish maqsadida O`zbekistonlik chegarachilari qurol ishlatishga majbur bo`lishgan, natijada ikki fuqaro o`qotar quroldan yarador bo`lishgan va halok bo`lishgan. Boshqa huquqbuzarlar Qirg`iziston hududiga o`tib, yashirinishga muvaffaq bo`lishdi", — deya xabar beradi O`zbekiston chegara qo`shinlari qo`mondonligi rasmiy xabarda.
Ma`lum bo`lishicha, bu fuqarolar O`zbekistonda tug`ilgan, Qirg`izistonning fuqaroligiga 2012 yilda qabul qilinganligi keyinchalik ma`lum bo`lgan.