AQShning Arizona shtatida yashovchi Magnoliya ismli qizaloq internet tarmog`ini o`zining eng murakkab turmaklarini qila olish qobiliyati bilan lol qoldirdi.
Magnoliya doimiy ravishda o`zining Instagram sahifasida sanoqli daqiqalarda juda go`zal turmaklar qilingan foto va videolarini joylab boradi.
Bu qobiliyati uchun uni yosh vunderkind-sartarosh deb atashdi – bu bejizga emas, sabab qadam ba qadam yo`riqnoma bo`lgan taqdirda ham bunday turmaklarni katta odam ham qila olmaydi, ishonmaysizmi videoni ko`ring.
Magnoliya o`z blogini yaqinda ochdi, u kun sayin mashhur bo`lib bormoqda.
