Bugun, 7 aprel kuni soat 05:56 da Samarqand viloyati Oqdaryo tumani "Navro`zʼʼ MFY O`zbekiston ko`chasida joylashgan "Agro Servis" mashina traktor parkida yong`in sodir bo`ldi. Bu bo`yicha tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan. Vazirlik bu haqda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea joyiga 5 ta yong`in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong`inga soat 06:00 da etib boribgan va soat 06:50 da yong`in to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida mashina traktor parkining tokarniy sexining 150 kv.m maydonda shift, tom va ichki qismidagi dastgohlari yonib zararlangan.
"Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q. Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.