AsosiyJamiyat

Angrenda "Cobalt" haydovchisi YPX xodimiga avtomobil davlat raqamini yo`qotib qo`yganini aytdi. Aslida esa..

'Angrenda "Cobalt" haydovchisi YPX xodimiga avtomobil davlat raqamini yo`qotib qo`yganini aytdi. Aslida esa..'ning rasmi

Toshkent viloyatida haydovchi avtomobil davlat raqam belgisini yo`qotganligini aytib, YPX xodimini aldashga urindi. Bu haqda YHXX xabar qilmoqda. 

Keltirilishicha, joriy yilning 6 aprel kuni Angren shahar hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Yormatov tomonidan "Cobalt" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilib tekshirilganda, transport vositasining orqa tomonidagi davlat raqam belgisi yo`qligi ma`lum bo`lgan. Haydovchi ushbu holatni "Davlat raqam belgisi yo`qolgan. Yo`qolganligi bo`yicha ijtimoiy tarmoqda ham e`lon berganman" — deya, izohlagan. Vaholanki, avtomobilning yukxonasi tekshirilganda, aynan ushbu davlat raqam belgisi yukxonada saqlanayotganligi aniqlangan.

Haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan N.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 125-moddasi 5-qismi tartibida bayonnoma tuzilib, transport vositasi ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar