AsosiyJamiyat

Direktorlarni sertifikasiyalash majburiy etib belgilanmagan – XTV

'Direktorlarni sertifikasiyalash majburiy etib belgilanmagan – XTV'ning rasmi

Prezident raisligida o`tkazilgan yig`ilishda maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etilishi vazifa etib belgilandi. Bu jarayon qanday amalga oshiriladi?

AOKAda matbuot anjumanida  Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari Usmon Sharifxodjaev sohasidagi islohotlar natijadorligiga bag`ishlangan yig`ilishda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan "Darakchi" muxbiri bergan savolga quyidagicha javob berdi:

" – Direktorlarni sertifikasiyalash bu oddiy imtihon jarayoni emas, bunda kurs tashkillashtirilib o`qitiladi yoki o`zi mustaqil tayyorlanadi. Bunda tayinlanadigan direktorning tashkiliy masalalari, moliyaviy va AKT savodxonligi bilish darajasi baholanadi. Sertifikasiya orqali shaxsning direktor bo`lishi emas, rahbarlikka loyiqligi belgilanadi. Barcha direktorlarni sertifikasiyalash hali majburiy tartibda belgilanmagan", – dedi Usmon Sharifxodjaev.

    Boshqa yangiliklar