O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg`iziston Respublikasi Hukumati milliy darajada COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish borasida, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlarni baholagan holda, tomonlar davlatlarining hududini COVID-19 infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishidan yuqori darajada himoya qilish yuzasidan ko`rilayotgan qat`iy va keng ko`lamdagi chora-tadbirlar muhimliligini ta`kidlab, quyidagilar to`g`risida kelishib oldilar. Bu haqda Sanepidxizmat Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o`zaro tan oladilar.
Ushbu kelishuv joriy yilning 26 martidan kuchga kirdi.