AsosiySport
7999

Ronaldu raqibini mensimay, unga futbolkasini bergisi kelmadi

Futbol bo`yicha Portugaliya terma jamoasi Evro–2016 guruh bosqichida Islandiya bilan kutilmaganda durang (1:1) o`ynab qo`ydi. Uchrashuvdan so`ng islanliyaliklar durangni xuddi bayramdek nishonladi. 

Islandiya termasi a`zosi Aron Gunnarsson o`yin tugagach, portugallar etakchisi Ronaldu bilan futbolka almashmoqchi bo`ldi. Biroq, 31 yoshli forvard raqibini mensimadi

Gunnarsson Ronalduga fubolka almashish uchun ikki marta murojaat qilganida, Ronaldu unga “Futbolka almashamiz, kimsan o`zi?” degan javob qaytardi.  

Ronaldu mag`lubiyat alamida bo`ligani uchunmi, yoki raqibini mensimagani uchunmi futbolkasini berishdan bosh tortdi. 

 

Boshqa yangiliklar