1

Ipoteka va ta`lim kreditlari foiz stavkalari yil oxiriga qadar o`zgarishsiz qoladi

Iqtisodiyot 11.04.2022, 09:22
Ipoteka va ta`lim kreditlari foiz stavkalari yil oxiriga qadar o`zgarishsiz qoladi

O`zbekistonda ipoteka dasturlari va ta`lim kreditlari bo`yicha foiz stavkalari yil oxiriga qadar o`zgarishsiz qoladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 8 aprel kuni imzolangan Qarorda ma`lum qilindi.

"Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va ta`lim kreditlari uchun ajratiladigan mablag`lar bo`yicha foiz stavkalarini belgilash to`g`risida"gi Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta`lim krediti uchun ajratiladigan resurs mablag`lari bo`yicha amaldagi foiz stavkalar 2022 yil yakuniga qadar saqlanib qoladi. Xususan, amaldagi stavkalar ipoteka krediti uchun — 13 foiz, ta`lim krediti uchun — 10 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, banklar ta`lim olish maqsadida qarz oluvchiga 14 foiz stavkada kredit ajratadi.

Hujjatda, shu jumladan, Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizdan pasaytirgan taqdirda, mazkur kreditlar bo`yicha foizlarni mutanosib ravishda kamaytirish ko`zda tutiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1