Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida Osiyo Kubogiga saralash bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan O`zbekiston futzal terma jamoasi uchalla bahsda muvaffaqiyat qozonib, guruh peshqadami sifatida Osiyo kubogiga yo`llanma oldi. Bahodir Ahmedov shogirdlari 3-tur o`yinida Tojikiston ustidan 5:2 hisobida zafar quchdi.
Osiyo Kubogi-2022 saralashi. V guruhi
3-tur. 12 aprel. Qirg`iziston
O`zbekiston — Tojikiston 5:2
Gollar: Husniddin Nishonov (7), Davron Choriev (20, 40), Dilshod Rahmatov (23), Akbar Usmonov (32) — Dilshod Salomov (11), Fayzali Sardorov (34).






