AsosiySport
7894

Ronaldu aybini tan oldi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Avstriyaga qarshi (0:0) o`yindan so`ng o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. Hujumchi 79 daqiqada penaltidan raqiblar darvozasini ishg`ol qila olmagandi. 

– Afsuski penaltini ura olmadik. Bu mening aybim va buni tan olaman. Biroq, bu futbol va bunday vaziyatlar ko`p uchraydi. Portugaliya terma jamoasi guruhdan chiqishiga to`liq ishonaman, - dedi 31 yoshli hujumchi. 

Eslatib o`tamiz, “F” guruhi 2-turidan so`ng Portugaliya termasi atigi 2 ochko to`pladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar