AsosiySport

Tennis: Denis Istomin Meksikadagi turnirni g`alaba bilan boshladi

'Tennis: Denis Istomin Meksikadagi turnirni g`alaba bilan boshladi'ning rasmi

11 aprel kuni Meksikada tennis bo`yicha “Challenger” tasnifiga kiruvchi “San Luis Potosi” turniriga start berilgan edi. Ushbu turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ilk uchrashuvini o`tkazdi.

Istomin turnirning 1/16 final bosqichida braziliyalik Mateus Puchinelli de Almeydani 6:7, 6:1, 6:3 hisobida mag`lub etdi. Shu tariqa, o`zbekistonlik tennischi turnirning 1/8 finaliga yo`l oldi. 

Denis Istominning keyingi raqibi amerikalik Ernesto Eskobedo bo`ladi. Ayni vaqtda, Istomin ATP reytingida 296, Ernesto esa 143-o`rinni egallab turibdi.

“San Luis Potosi” turnirining g`olibi 17 aprel kuni aniqlanadi.

    Boshqa yangiliklar