AsosiySport

Mirjalol Qosimov "Xorazm" maydonini tanqid qildi jo`sh

'Mirjalol Qosimov "Xorazm" maydonini tanqid qildi jo`sh'ning rasmi

Kubok doirasidagi bahsda AGMK safarda "Xorazm" jamoasini 3:0 hisobida mag`lub etdi.

O`yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etgan AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning fikrlari quyidagicha bo`ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Qiyin g`alabaga erishdik. O`yin tomonlama emas, maydon holatidan ko`proq qiynaldik. Birinchidan, sun`iy maydon. Ikkinchidan, xuddi betonga o`xshab juda qattiq ekan. Shaxsiy fikrim, bu kabi maydonlarda ishdan keyin kechki payt havaskorlar kelib, shunchaki dam olish uchun to`p tepib tursa bo`ladi. Lekin professional futbolchilarni bunday maydonlarda o`ynatish kerak emas. Ayniqsa, Superliga va Proliga jamoalari o`ynaydigan stadionlar yaxshi holatda bo`lishi kerak. Yutganimizdan xursandman. Muhimi, o`yinni jarohatlarsiz tugatib oldik. Endi "Zomin" bilan bo`ladigan bellashuvga tayyorgarlik ko`ramiz. "Xorazm" klubiga omad tilayman»

    Boshqa yangiliklar