AsosiySport

"Yuventus" va Qatar jamoasi Luka Modrichni o`z safiga qo`shib olmoqchi

'"Yuventus" va Qatar jamoasi Luka Modrichni o`z safiga qo`shib olmoqchi'ning rasmi

"Real Madrid" jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich yozda faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. bu haqda jurnalist Serxio Santos ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, 36 yoshli xorvatiyalik futbolchi xizmatiga "Yuventus" va Qatar klubidan taklif tushgan. Ayniqsa, Osiyo klubidan juda yaxshi moliyaviy taklif bo`lgan. Qolaversa, ikki jamoa ham unga ikki yillik shartnoma taklif qilgani aytilmoqda. 

O`z navbatida futbolchi ham faoliyatini "Real"da davom ettirishni istamoqda. Biroq "qirollik" jamoasi Modrichga yangi shartnoma taklif qilganicha yo`q. 

    Boshqa yangiliklar