O`zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi so`nggi uchta uchrashuv yakuniga etdi.
Toshkentda "Bunyodkor" o`z maydonida "Surxon" bilan kuch sinashdi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
"Qo`qon-1912" esa Oltiariqning "Do`stlik" klubi bilan bahslashdi. Gollarga boy kechgan o`yinda 4:1 hisobida qo`qonlikar muvaffaqiyat qozondi.
"Sho`rtan" esa G`uzorda birinchi liga ishtirokchisi "Andijon II"ni mag`lubiyatga uchratdi, - 3:0
O`zbekiston kubogi. 2-tur
«Sho`rtan» - «Andijon-II» - 3:0
Gollar: Muhriddin Zoirov 36, 58, Nodirjon Nurmatov 69.
«Qo`qon-1912» – «Do`stlik-Oltiariq» - 4:1
Gollar: Jamshid Hasanov 3, 76, Oybek Rustamov 31, Murod Komilov 83 – Mo`ydin Mamazulumov, 21.
«Bunyodkor» – «Surxon» - 0:0






