Bugun, 16 aprel kuni O`zbekiston professional boks federasiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rib chiqildi. O`zbekiston professional boks federasiyasi Ijroiya qo`mitasining yangi tarkibi tasdiqlandi.
Unga ko`ra, hozirda Xalqaro kurash assosiasiyasi (IKA) bosh kotibi sifatida faoliyat ko`rsatib kelayotgan Umid Yakubov O`zbekiston professional boks federasiyasi prezidenti, tajribali mutaxassis G`ofur Rahimov birinchi vise-prezident hamda Ziyovuddin Xojiniyozov vise-prezident vazifalariga jamoatchilik asosida saylandi.






