"Manchester Yunayted" yozda bosh murabbiy lavozimiga "Ayaks" ustozi Erik ten Hagni taklif qiladi. BU haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ten Hag "qizil iblislar" postini egallaydigan bo`lsa, hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashmoqchi. Bu mutaxassis Ronalduni uning uslubiga mos emasligini aytmoqda.
OAV xabarlariga ko`ra, Ten Hag kelganidan so`ng tarkibni yoshartirmoqchi. Jumladan, Ronaldu ham transferga qo`yilishi kutilmoqda.






