AsosiySport

Angliya kubogi. "Liverpul" "Manchester Siti"dan ustun keldi va finalga yo`llanma oldi

'Angliya kubogi. "Liverpul" "Manchester Siti"dan ustun keldi va finalga yo`llanma oldi'ning rasmi

Angliya kubogi yarim final doirasidagi dastlabki uchrashuv yakuniga etdi.

Unda "Manchester Siti" va "Liverpul"  o`zaro kuch sinashdi. "Liverpul" o`yinni tezkor gollar bilan boshladi hamda birinchi bo`limning o`zidayoq uchta to`p yo`lladi. 

Tanaffusdan keyin "shaharliklar" ikki marotaba "Liverpul" darvozasini ishg`ol qildi. 

Shu tariqa, "Uembli"dagi o`yinda Klopp Gvardiolani mag`lub etib, Angliya kubogi finaliga yo`llaman oldi.

Angliya kubogi. Yarimfinal.
Manchester Siti – Liverpul 2:3
Gollar: 0:1 – 9 Konate, 0:2 – 17 Mane, 0:3 – 45 Mane, 1:3 – 47 Grilish, 2:3 – 90+1 Bernardu Silva.

    Boshqa yangiliklar