Ispaniya chempionatining 32-turidan o`rin olgan "Sevilya" - "Real" uchrashuvi gollarga boy bo`ldi.
Dastlabki bo`limda andalusiyaliklar ikki marotaba "Real" darvozasini ishg`ol qildi.
Tanaffusdan keyin "Real" birin-ketin gollar urib, g`alabani ilib ketdi. Karim Benzema so`nggi daqiqalarda gol urib, g`alaba to`pi muallifiga aylandi.
Shu tariqa, "Real" muhim g`alabani qo`lga kiritib, peshqadamligini mustahkamladi.
La Liga, 32-tur
"Sevilya" - "Real" - 2:3






