AsosiyIqtisodiyot

Rossiyaning etakchi banklari SWIFTdan o`chirilgandan keyin O`zbekiston banklarida qanday muammolar vujudga keldi? – Markaziy bank raisi javob berdi

'Rossiyaning etakchi banklari SWIFTdan o`chirilgandan keyin O`zbekiston banklarida qanday muammolar vujudga keldi? – Markaziy bank raisi javob berdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov O`zbekistonda inflyasiya darajasi, tashqi iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelgan xatarlar va iqtisodiyotdagi o`zgarishlar va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta`siri bo`yicha  O`zAga ma`lumot berdi.

So`nggi yillarda O`zbekiston Rossiya Federasiyasidan katta miqdorda kredit resurslarini jalb qildi. Bu banklar yirik iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirishi lozimligini hisobga olinsa, O`zbekiston sanksiyalar tufayli bu mablag`lardan mahrum bo`lishi xavfi bormi?

Mamarizo Nurmuratovning qayd etishicha, tijorat banklarining xorijiy banklar oldidagi jami majburiyatlari tarkibida qattiq sanksiyalarga tushgan banklardan jalb qilingan moliyaviy resurslar ulushi yuqori emas.

" – Mahalliy banklar tomonidan qat`iy sanksiyaga tushgan banklardan jalb qilingan majburiyatlarini o`z vaqtida va ikkilamchi sanksiyalar xavfini yaratmasdan qaytarish bo`yicha xalqaro yuridik konsalting kompaniyalari jalb qilingan.

Har bir tranzaksiya yuridik kompaniyalar xulosasi asosida amalga oshirish choralari ko`rildi. Bu, o`z navbatida, kelgusida yirik iqtisodiy loyihalarni uzluksiz moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya bozorlaridan muammosiz resurslar jalb etish imkoniyatini yaratmoqda, – deydi  Markaziy banki raisi.

Suhbatda Rossiyaning Ukrainaga qilgan bosqinchilik harakatlaridan so`ng Rossiyaning etakchi banklari SWIFTdan o`chirilgani O`zbekistonning banklarida qanday muammolar vujudga kelayotgani va ular qanday hal qilinayotganiga e`tibor qaratildi. 

Markaziy bank raisining ta`kidlashicha bugungi kunda tijorat banklari tomonidan,  mijozlarining Rossiya va Belarus davlatlarida ro`yxatdan o`tgan xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan barcha eksport-import shartnomalari inventarizasiyadan o`tkazilmoqda.

Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan tashqi savdo amaliyotlarni o`tkazishda tijorat banklari tomonidan sanksiyalar ro`yxati doimiy ravishda yangilanib, o`z mijozlariga qat`iy sanksiyalarga tushmagan hamkorlar va banklar bilan moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish bo`yicha tavsiyalar berib kelinmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar