"PSJ" sport direktori Leonardo jamoa hujumchisi Kilian Mbappeni tark etishi mumkinligini inkor etmadi.
"Real" klubi Mbappening Madridga ko`chib o`tishiga haddan tashqari ishonishmoqda. Bu kabi gap-so`zlar 3 yildan buyon davom etmoqda.
Yashirmayman, uning kelajagi borasidagi gaplar doimo bo`lib kelgan. Shuni aytamanki, futbolchi bilan doimiy ravishda aloqada bo`lib kelmoqdamiz. Jamoada uning qolish ehtimoli bor. Balki u yozda jamoani tark etishi ham mumkin. Barchasini futbolchi obdon o`ylamoqda", - deya Leonardo so`zlaridan keltirmoqda Fransiya OAV.






