Superog`ir vazn toifasida WBC yo`nalishi chempioni Tayson Fyuri hamyurti Dillian Uaytga qarshi kechgan himoya jangidan so`ng faoliyatini yakunlaganini e`lon qildi.
"Rafiqamga 14 yildan keyin boshqa boksga qaytmasligimni aytgandim. Buni bajarish vaqti keldi. Umid qilamanki, Uembliga yig`ilgan muxlislar mening jangimdan mamnun bo`lishdi. Men barchangizni yaxshi ko`raman. Iliq qabul uchun rahmat, Buyuk Britaniya", - deya Fyuri so`zlaridan keltirmoqda DAZN.






