AsosiyDunyo

Emmanuel Makron ikkinchi marotaba Fransiya prezidenti etib saylandi

'Emmanuel Makron ikkinchi marotaba Fransiya prezidenti etib saylandi'ning rasmi

Fransiyada 24 aprel, yakshanba kuni prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo`lib o`tdi, deya yozmoqda "Zamon".

Dastlabki natijalarga ko`ra, Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron etakchilik qildi. U 58,55 %, raqibi Marin Le Pen esa 41,45 % ovoz to`plagan. Saylovda aholining 70 foizi ishtirok etgani ma`lum qilindi

Marin Le Pen saylovdagi mag`lubiyatini tan oldi va navbatdagi parlament saylovlarida ishtirok etishini aytdi.

Eslatib o`tamiz, Fransiyada 10 aprel kuni bo`lib o`tgan prezidentlik saylovining birinchi bosqichida amaldagi prezident Emmanuel Makron 27,4 foiz ovoz bilan g`alaba qozongan edi. Ikkinchi o`rinda Milliy assosiasiya raisi Marin Le Pen 24,0% ovoz to`plagan edi.

Saylov natijalari e`lon qilinganidan so`ng Makron Champ de Marsda nutq so`zladi

Prezident unga ishonch bildirgan saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi. 

"Besh yillik o`zgarishlar, baxtli va og`ir damlar, shuningdek, favqulodda inqirozlardan so`ng bugun, 2022 yil 24 aprel kuni ko`pchiligingiz menga kelgusi besh yilga mamlakatimiz rahbariyatini ishonib topshirishga qaror qildingiz. Men sizga qarzdor ekanligimni bilaman", — dedi davlatimiz rahbari.

 

Ma`lumot o`rnida: Makron 2017 yildan beri Fransiya prezidenti lavozimida. Jak Shirakdan keyin u ikkinchi muddatga saylangan birinchi Fransiya prezidentidir. 44 yoshida u Beshinchi Respublika tarixidagi eng yosh davlat rahbari bo`lib qolmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar