AsosiyDunyo

BMT kotibi Putin bilan uchrashuv o`tkazdi

'BMT kotibi Putin bilan uchrashuv o`tkazdi'ning rasmi

26 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni qabul qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

Uchrashuvda Putin Rossiya har doim BMTni qo`llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi. U Ukrainadagi harbiy mojaro haqida to`xtalib, bugungi muammolar 2014 yilgi davlat to`ntarishidan keyin paydo bo`lganini va bu konstitusiyaga zid harakat bo`lgani aytib o`tdi. 

Mamlakat rahbarining so`zlariga ko`ra, Rossiya tomoni yaxshi niyatlarini yaqqol namoyon qilgan, ammo Buchada provokasiyaga duch keldi. 

BMT Bosh kotibi Turkiyaning Ukrainadagi vaziyatni hal qilish uchun muloqot tashkil etish bo`yicha sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatladi va gumanitar koridorlar bo`yicha BMT–RF–Ukraina o`rtasida aloqa guruhini tuzishni taklif qildi.

    Boshqa yangiliklar