AsosiySport

O`q otish. O`zbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqada sovrindor bo`lishdi

'O`q otish. O`zbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqada sovrindor bo`lishdi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasining Chimkent shahrida sportning o`q otish turi bo`yicha “Oltin Mergen” Gran-Pri musobaqasi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki kungi natijalarga ko`ra, VP-Miks mashqida hamyurtlarimiz Vadim Skorovarov hamda Muxtasar Tohirova tandemi 1-o`rinni egallab, shohsupaning eng yuqori pog`onasidan joy olishdi.

Yoshlar o`rtasida pnevmatik miltiqdan o`q otish mashqida Nikita Skolov 2-o`rinni band etgan bo`lsa, xuddi shu yo`nalishda Vadim Skorovarov 3-o`rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, o`q otish sportida vakillarimiz joriy yildan Olimpiada yo`llanmalari uchun kurash olib borishadi. Dastlabki kvalifikasion musobaqa 27 sentyabr – 10 oktyabr kunlari Xorvatiyaning Osiek shahrida o`tib, unda stenddan otish bo`yicha 16ta yo`llanma, so`ngra 12-25 oktyabr kunlari Misr poytaxti Qohira shahrida o`q otish yo`nalishlari bo`yicha 32ta lisenziya o`z egalarini topadi.

    Boshqa yangiliklar