AsosiyDunyo

AQSh qurol zaxiralari tugab bormoqdami?

'AQSh qurol zaxiralari tugab bormoqdami?'ning rasmi

Vashington Ukrainaga qurol etkazib berishda davom etsa, bir necha oydan so`ng shaxsiy zahiralar tugaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma`lumotlari asosida Zamon.uz xabar bermoqda. 

AQSh mudofaa vazirining xaridlar bo`yicha sobiq o`rinbosari Ellen Lord bu mamlakat xavfsizligi uchun katta tahdid ekanini aytgan.  Uning so`zlariga ko`ra, hozirda Qo`shma Shtatlar Stinger zenit-raketa tizimlarining to`rtdan bir qismini sarflab bo`lgan.

O`z navbatida “Ixtisoslashgan xizmatlar bo`yicha kengash” prezidenti Devid Berto Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operasiyasi boshlaganidan buyon Vashington o`z qurol zahiralarining uchdan birini tayyor holatga keltirgan, ammo ularning o`rnini to`ldirish uchun yangi shartnomalar tuzilmagan.

    Boshqa yangiliklar