AsosiyDunyo

Ilon Maskning boyligi bir kunda 29 mlrd dollarga kamaydi

'Ilon Maskning boyligi bir kunda 29 mlrd dollarga kamaydi'ning rasmi

Tesla asoschisi Ilon Maskning boyligida jiddiy yo`qotish yuz berdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha,  Mask Twitterni sotib olish fonida 29 milliard dollar yo`qotdi. Natijada,  milliarderning real vaqtdagi boyligi 239,2 milliard dollarni tashkil etadi va u dunyodagi eng badavlat odam bo`lishda davom etadi.

Maskning boyligi Tesla aksiyalari narxining qulashi tufayli qisqardi.

26-aprel kuni Twitter direktorlar kengashi milliarderning ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olishini ma`qullagani haqidagi xabar ortidan 12 foizga arzonlashgan.

    Boshqa yangiliklar