"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini "Real"da davom ettirishga yaqin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tomonlar allaqachon bu borada o`zaro kelishib olishgan. Unga ko`ra, Ryudiger yiliga 9 mln evro maosh oladi. 4 yillik shartnomaga qo`l qo`ygani uchun Antonioga 8 mln evro bonus ham beriladi.
Futbolchining agenti esa ushbu kelishuv ortidan 15 mln evro oladi.






