Shu yil 30 aprel - 10 may kunlari Gresiyaning Iraklion shahri yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun erta tongda mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun yoshlar terma jamoamiz bosh murabbiy Jo`rabek Zairov boshchiligida Gresiyaga yo`l olishdi.
Musobaqaga yo`l olgan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
Yoshlar:
-73 kg vazn toifasida: To`xtaev O`gabek,
-89 kg: Hojiakbar Olimov,
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov,
+109 kg: Mirhosil Mirzaboev,
Qizlar:
-55 kg: Jamila Panfilova,
-87 kg: Tursunoy Jabborova.
"Sportchilarimizning Jahon chempionatida supachaga chiqish kunlari va vaqti ertaga e`lon qilinadi" - deyiladi xabarda.






