Gollivud aktrisasi va BMTning “yaxshi niyat elchisi” Anjelina Joli Ukrainaga keldi. U insonparvarlik missiyasi bilan urush davom etayotgan mamlakatga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Kino yulduzi Lvovga borgan. Ijtomoiy tarmoqlarda uning kafelardan birida suratga olingan videosi paydo bo`ldi. Joli Lvovdagi vokzalda ukrainaliklar bilan suhbatlashgan.
Eslatib o`tamiz, Anjelina Joli 2001 yilda BMTning Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligining “yaxshi niyat elchisi” etib tayinlangan. Tayinlanganidan beri u bir qator mamlakatlarga qochqinlar bilan uchrashish uchun borgan.






