Kecha, 30-aprel kuni Tunisning Monastir shahrida o`tkazilayotgan ITF tennis turnirida hamyurtimiz Nigina Abduraimova xitoylik Jing Luga qarshi bahs olib bordi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
1 soat 43 daqiqa davom etgan o`yinda Nigina 6:4, 6:4 hisoblarida g`alaba qozondi va final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.
Bugun Nigina musobaqa g`olibligi uchun Ispaniya yoki Xitoy vakilalaridan biriga qarshi kortga chiqadi.






