AsosiySport

Nodirbek Abdusattorov barcha yo`nalishlarda FIDE reytingida TOP-100 likda, qolganlarchi?

'Nodirbek Abdusattorov barcha yo`nalishlarda FIDE reytingida TOP-100 likda, qolganlarchi?'ning rasmi

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) tomonidan har oy boshida e`lon qilinadigan reytingda ayni paytda kuchli 100likdan ikki nafar shaxmatchimiz o`rin olgan. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi ma`lum qildi.

Jumladan, mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi, rapid yo`nalishida eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov o`tgan oydagi o`rnidan biroz pastladi, biroq u baribir reytingda peshqadam bo`lib turibdi.

FIDE reytingi:

80-o`rin (o`tgan oydagi o`rni — 74). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) 2661 ball.

82-o`rin GM Rustam Qosimjonov (1979-yili tug`ilgan) 2659 ball.

FIDE 20 yoshgacha bo`lgan shaxmat ustalarining reyting o`rinlarini alohida hisoblab boradi. Eng kuchli 100 nafar yosh shaxmatchi ro`yxatidan ayni paytda 4 nafar shaxmatchimiz o`rin olgan:

5-o`rin GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2661.

12-o`rin GM Nodirbek Yoqubboev (2002) – 2630.

17-o`rinGM Javohir Sindorov (2005) – 2609.

28-o`rin GM Shamsiddin Vohidov (2002) – 2536.

Rapid yo`nalishida esa hamyurtlarimizdan faqatgina Nodirbek Abdusattorov kuchli yuzlikdan joy olgan, u 2670 ball bilan 37-o`rinda qayd etilgan.

Blis yo`nalishida TOP-100dan 3 nafar shaxmatchimiz joy olgan:

36-o`rin Rustam Qosimjonov – 2681.

47-o`rin Nodirbek Abdusattorov – 2663.

49-o`rin Javohir Sindorov – 2657.

    Boshqa yangiliklar