AsosiyDunyo

Moskvaga qator davlat rahbarlarining qo`shma tashrifi amalga oshirilishi mumkin

'Moskvaga qator davlat rahbarlarining qo`shma tashrifi amalga oshirilishi mumkin'ning rasmi

Rossiya NATO a`zolaridan biriga hujum uyushtirsa, alyans bunga zarur javob beradi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chashuvo`g`lu ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, NATOning pozisiyasi bu masalada aniq. Shu bilan birga Chavusho`g`lu harbiy blokning Ukrainadagi nizoda ishtirok etish niyati yo`qligini aytgan.

Shu bilan birga diplomat Rossiya-Ukraina nizosini to`xtatish uchun Moskvaga qator davlatlar rahbarlarining qo`shma tashrifi amalga oshishi mumkinligini qayd etgan. Uning so`zlariga ko`ra, bu taklif Braziliya prezidenti Jair Bolsonarudan chiqqan. Ushbu tashrifda Bolsonarudan tashqari, Turkiya va Venesuela prezidentlari ham bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar