AsosiyDunyo

Ukrainalik qochqinlar soni 5,5 mlndan oshib ketdi

'Ukrainalik qochqinlar soni 5,5 mlndan oshib ketdi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Ukrainaga bostirib kirishi ortidan 5,5 mln ukrainalik qochoqqan aylandi. Ular qo`shni davlatlardan panoh topgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligi boshqarmasi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 fevralidan 1 mayiga qadar Ukrainani tark etganlar soni 5 million 539 184 nafarga etgan. So`nggi ikki kun ichida qo`shni davlatlar chegaralarini 70 555 nafar qochoq kesib o`tgan.

BMT Qochqinlar boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, belgilangan muddat ichida Rossiyaga 656 381 nafar, Polshaga 3 056 826, Ruminiyaga 825 874 va Vengriyaga 530 157, Moldovaga 447 ming, Slovakiyaga 379 ming,  Belarusga 25 mingdan ortiq qochqin kelgan.

    Boshqa yangiliklar