AsosiySport

Nigina Abduraimova Tunisdagi musobaqa g`olibligini qo`lga kiritdi

'Nigina Abduraimova Tunisdagi musobaqa g`olibligini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Tunisning Monastir shahrida tennis bo`yicha ayollar o`rtasidagi turnir o`z yakuniga etdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Unda hamyurtimiz Nigina Abduraimov  hal qiluvchi final bahsida ispaniyalik Yvonne Kavalle-Reimersga qarshi kortga chiqdi.

2 soat 10 daqiqa davom etgan o`yinda Nigina raqibasini 3:6, 6:2, 6:2 hisoblarida mag`lub etdi va musobaqa chempionligini qo`lga kiritdi.

Shu tariqa, Nigina Tunisdagi turnirda 25 ming AQSh dollar mukofot jamg`armasiga ega bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar