Ukrainani qayta tiklash uchun kamida 600 milliard dollar kerak bo`ladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ta`kidladi.
Uning so`zlariga ko`ra, gap infratuzilma ob`ektlari, turar-joylar va korxonalarni tiklash haqida ketmoqda.
“Avvalroq men 600 milliard dollar o`lchovida yo`qotish haqida gapirgan edim. Biz vayron bo`lgan hamma narsani tiklay olamiz va siz bizning tiklanishimizga hissa qo`shishingiz mumkin. Kompaniyalaringiz uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning, Kievda ofislar quring, Ukrainada kompaniyalarni ishga tushiring, shunda siz Evropadagi eng yirik bo`lgan, 40 millionlik (Ukrainadagi iste`molchilar —tahr.) bozorga kirish imkoniyatiga ega bo`lasiz”, degan Vladimir Zelenskiy “The Wall Street Journal” tomonidan tashkil etilgan kompaniyalar ijrochi direktorlari sammitida videoformatda so`zlagan nutqida.
Uning so`zlariga ko`ra, bu faqat taxminiy miqdor. Shuningdek, u G`arb kompaniyalariga mamlakatda ishlash uchun qulay shart-sharoitlarni va`da qilgan.
Ma`lumot o`rnida, AQSh Prezidenti Jo Bayden Vashington Kievga iqtisodiy yordam sifatida qo`shimcha 500 million dollar ajratishini e`lon qilgan. AQSh Prezidenti bu mablag`lar Kievga iqtisodiyotni barqarorlashtirish, maoshlar to`lash va aholiga zarur xizmatlar ko`rsatish uchun berilishini aytgan.






