"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Evropa Chempionlar ligasi yarim finali javob bahsida "Real"ga qarshi o`yin oldidan o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
"Tarkibimizda yo`qotish bor. Madridda kechadigan uchrashuvda Stounz bizga yordam bera olmaydi. U o`yinga tayyor emas. Bundan avvalgi tarkibni tanlaymanmi yoki yo`q, bilmayman.
Biz finalga chiqish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak. "Real" o`z maydonida etarlicha qarshilik qilishi tabiiy. Biz bunga tayyor bo`lishimiz lozim", - deya Gvardiola so`zlaridan keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.






