Afg`onistondagi suv toshqinlari kamida 20 kishining hayotiga zomin bo`ldi. Bu haqda “Tolibon” Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari o`rinbosari Sharafuddin Muslim bu haqda ma`lum qildi.
Qad etilishicha, suv toshqinlari Hirot, Hilmand, Qandahor, Badaxg`on, Bodg`is, Maydon Vardak, Taksor, Faryob, Juzjon va Parvon viloyatlarida sodir bo`lgan.
Bundan tashqari, 30 ga yaqin kishi tan jarohati oldi, aholi mulki va qishloq xo`jaligi ekinlariga jiddiy zarar etkazildi: 100 ta uy vayron bo`ldi, 100 boshgacha chorva mollari nobud bo`ldi, 200 gektar qishloq xo`jaligi erlari suv ostida qoldi. Biroq, bu faqat dastlabki ma`lumotlar. Tolibon bir qancha qurbonlarga naqd pul berib bo`lgan, tabiiy ofat sodir bo`lgan joylarga yordam etkazish jarayoni davom etmoqda.






