Evropa Chempionlar ligasi yarim finalining ikkinchi bahsi yakuniga etdi.
Madridda kechgan "Real" hamda "Manchester Siti" uchrashuvi murosasiz va kurashlarga boy tarzda kechdi.
73-daqiqada Riyod Mahrez Ilkay Gyundogan tomonidan uzatilgan pasdan so`ng kuchli zarba bilan Tibo Kurtua darvozasini ishg`ol qildi.
Zaxiradan maydonga tushgan Rodrigo 90 va 90+2 - daqiqalarda to`p kiritdi. Natijada, bosh hakam qo`shimcha bo`limlarga ruxsat berdi.
Qo`shimcha bo`limning dastlabkisida hakam "Manchester Siti" darvozasi tomogn penalti belgiladi. Bundan Benzema unumli foydalandi.
Shu tariqa, "Real" 3:y hisobida g`alaba qozonib, ikki o`yin natijasiga ko`ra, finalga yo`llanma oldi.
EChL. Yarim final
"Real" - "Manchester Siti" - 3:1
Gollar: Rodrigo (90, 90+2), Benzema (90+5) - Riyod Mahrez (73)






