AsosiySport

“Italian Open-2022": O`zbekistonlik sportchi Gran-Pri turnirida qit`a rekordini yangiladi

'“Italian Open-2022": O`zbekistonlik sportchi Gran-Pri turnirida qit`a rekordini yangiladi'ning rasmi

Kecha Italiyaning Jesolo shahrida para engil atletika bo`yicha xalqaro Gran-Pri turniri boshlandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, musobaqaning dastlabki kunidayoq o`zbekistonlik sportchilar sovrindorlar safidan joy olishdi. Jumladan, erkaklar o`rtasida uzunlikka sakrash bahslarining T36 klassida Izzat Turg`unov 5 metru 61 santimetr natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo`ldi. Xuddi shu klassda yana bir hamyurtimiz Jamoliddin Akobirov esa 4 metr-u -26 santimetr natija bilan bronza medalini qo`lga kiritdi.

Bundan tashqari, ayollar o`rtasida klab uloqtirish bo`yicha F32 klassida  Mahliyo Akramova 17 metr-u- 69 santimetr natija qayd etib, delegasiya hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qo`ydi. Shu tariqa, ayni paytga kelib terma jamoa hisobida ikkita oltin va bitta bronza medali mavjud.

Ahamiyatlisi, erkaklar o`rtasida uzunlikka sakrash bahslarida 5,61 metr natija bilan oltin medalni qo`lga kiritgan  Izzat Turg`unov Osiyo rekordini yangiladi.

    Boshqa yangiliklar