AsosiyJamiyat

Toshkentdagi yirik savdo markazlaridan birida yong`in chiqdi(Foto va video)

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan Mega Planet savdo markazida yong`in chiqdi. Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirildi. Biroz muddatdan so`ng Youtube`ga yong`in aks etgan video joylandi.

Videoda 4 qavatli savdo majmuasining tomidan burqsib tutin chiqayotgani aks etgan. Ma`lumotlarga ko`ra, yong`in savdo markazining 4-qavatida joylashgan Fast food kafesida qisqa tutashuv yuz berishi oqibatida sodir bo`lgan bo`lishi mumkin. 

 

Savdo markaziga yaqin hududda yashovchi internet foydalanuvchilaridan biri yuzaga kelgan yong`in tezda o`chirilganini ma`lum qildi.

 

Boshqa yangiliklar