Angliya chempionatining 36-turida "Manchester Siti" klubi o`z maydonida "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushdi.
Gollarga boy kechgan bahs "shaharliklar"ning 5:0 hisobidagi muvaffaqiyati bilan yakunlandi. Sterling dublga erishgan bo`lsa, Laport, Rodri va Foden bittadan to`p kiritdi.
Shu tariqa, "Manchester Siti" yana peshqadamga aylanib oldi va yaqin ta`qibchisi "Liverpul"dan uch ochkoga o`zib ketgan.
APL. 36-tur
Manchester Siti — Nyukasl 5:0
Gollar: Sterling (19, 90+3), Laport (38), Rodri (61), Foden (90).