Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.
"Manchester Siti" klubi rasmiy sayti xabar berishicha, "shaharliklar" Xoland bo`yicha kelishuvga erishgan. 1 iyul kunidan boshlab u Manchester klubi safiga rasman kelib qo`shiladi.
Ma`lum qilinishicha, norvegiyalik 21 yoshli futbolchi "shaharliklar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va haftasiga 350 ming funt maosh oladi.
Erling joriy mavsum klubi safida jami 29 o`yinda 28ta gol va 7ta assistga mualliflik qilgan.






