AsosiySport

Zamonaviy beshkurash: Alise Faxrutdinova Jahon kubogining yarim finaliga chiqdi

'Zamonaviy beshkurash: Alise Faxrutdinova Jahon kubogining yarim finaliga chiqdi'ning rasmi

Ayni kunlarda Bolgariyaning Albena shahrida zamonaviy beshkurash bo`yicha Jahon kubogi bosqichi bo`lib o`tmoqda. Musobaqada jami 24ta davlatdan sportchilar ishtirok etmoqda. Unda O`zbekiston sharafini Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari ishtirokchisi Alise Faxrutdinova himoya qilmoqda. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, kecha, 10 may kuni bo`lib o`tgan Jahon kubogining yarim finaliga chiqish uchun suzish saralash bahslarida o`zbekistonlik sportchi Alise Faxrutdinova 271 ball bilan 12  o`rinni egallagan. Qilichbozlik musobaqalari esa sportchilarning egallab turgan o`rinlarini o`zgartirib yuborgani aytiladi. 

Ma`lum qilinishicha, Faxrutdinova eng yaxshi ko`rsatkichni qayd etgan - 19g`alaba va 4 mag`lubiyat. Natijada u yana 271 ball to`plagan va ikkita yo`nalish yakuniga ko`ra lazer-ran  musobaqalarini boshqa ishtirokchilarga nisbatan sezilarli vaqt tafovuti bilan boshlash imkoniyatini qo`lga kiritgan.

Faxrutdinova lazer-ran  musobaqalarini ham 3-o`rinda yakunlagan va bu natija bilan u ishonchli tarzda yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritgan.

Eslatib o`tamiz, zamonaviy beshkurash bo`yicha jahon kubogining yarim final bahslari 11-12-may kunlari bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar