Qo`shiqchi Filipp Kirkorov, yumorchilar Evgeniy Petrosyan va Vladimir Vinokurning Latviyaga kirishi taqiqlandi. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' ma`lum qildi.
“Immigrasiya to`g`risidagi qonunning 61-moddasi 2-bandidan kelib chiqib, Rossiya Federasiyasi fuqarolari Kirkorov F., Vinokur V., Petrosyan E. va Usmonova I.ni Latviya Respublikasiga kiritmaslika qaror qilindi”, — deya xabar berilgan.
Unga ko`ra, cheklovlar noma`lum muddatga belgilangan.
Ma`lum qilinishicha, avvalroq Kirkorov va qo`shiqchi Polina Gagarinaga Estoniyaga kirish taqiqlangan.






