Turkiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdog`an va Qozog`iston prezidentlari Qosim-Jomart Tokaev rasmiy tadbirlar yakunida stol tennisi o`ynadi.
Kecha, 10 mart kuni Anqarada Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokaevni rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Turkiyaning "Anadolu" agentligi xabar bermoqda.
Unda qayd etilishicha, Qozog`iston Prezidenti davlat tashrifi bilan Turkiyaga borgan.
Davlat rahbarlari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o`tkazgan. Shundan so`ng, matbuot anjumani ham bo`lib o`tgan. Tashrif yakunida ikki davlat rahbarlari stol tennisi o`ynashgan.






