AsosiyDunyo

Birlashgan Arab Amirliklariga yangi prezident tayinlandi

'Birlashgan Arab Amirliklariga yangi prezident tayinlandi'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid al-Nahayyon seshanba kuni 86 yoshida vafot etgani borasida xabar bergan edik. 

Keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirgandi

Amirliklarining Federal Oliy Kengashi Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni BAA prezidenti etib sayladi. Bu haqda "Al Arabiya" xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 61 yoshli Shayx Muhammad BAAning uchinchi prezidentiga aylandi. 14 may kuni Abu-Dabidagi al-Mushrif saroyida Dubay hukmdori Shayx Muhammad raisligida yig`ilish o`tkazilgan. Uchrashuvda barcha etti amirlik rahbarlari ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar