Amerika kino san`ati akademiyasi navbatdagi “Oskar” taqdirlash marosimi sanasini e`lon qildi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tadbir 2023 yil 12 martda bo`lib o`tadi. 95 marotaba bo`lib o`tadigan "Oskar" taqdirlash marosimi an`anaviy tarzda ABC telekanalida namoyish etiladi.
Arizalar 2022 yil 15 noyabrgacha qabul qilinadi. 21 dekabr kuni tashkilotchilar sara ro`yxatlarni e`lon qiladi, 24 yanvar kuni esa nomzodlar e`lon qilinadi.






