1

Afg`oniston O`zbekiston bilan temir yo`l rejasini yakunlamoqchi — Tolo News

Jamiyat 15.05.2022, 13:16
Afg`oniston O`zbekiston bilan temir yo`l rejasini yakunlamoqchi — Tolo News

Afg`oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari va Savdo vaziri bilan virtual uchrashuvda ikki davlat o`rtasidagi “temir yo`l rejasini yakunlash” masalasini muhokama qildi. Bu haqda "Tolo News" xabar bermoqda. 

Afg`oniston temir yo`li departamenti rahbari Baxt-ur-Rahmon Sharafatning aytishicha, Trans-Afg`on temir yo`li qurilishida olg`a siljish bo`lib, bir oy ichida uni o`rganish boshlanadi.

“So`rovning texnik guruhlari shu oyda o`z ishini boshlashi kutilmoqda, hozir barcha bo`limlarda bu masala muhokama qilinmoqda”, dedi temir yo`l boshqarmasi boshlig`i Baxt-ur-Rahmon Sharafat.

Ayni paytda Savdo-sanoat palatasi (ACCI) Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan Afg`oniston orqali bog`lash Afg`onistonning savdo aloqalari o`sishiga ijobiy ta`sir ko`rsatishini aytdi.

Iqtisodiyot vazirligi Trans-Afg`on temir yo`li ishga tushishi bilan bir qancha viloyatlarda mamlakat fuqarolari uchun ish o`rinlari yaratilishini ma`lum qildi.

“Afg`oniston-Turkmaniston-Pokiston temir yo`li Afg`onistonni mintaqaviy markazga aylantirishi va mamlakatda ish o`rinlari yaratish hamda qashshoqlikni kamaytirishda muhim rol o`ynashi mumkin”, dedi Iqtisodiyot vaziri o`rinbosari Abdul Latif Nazariy.

Afg`oniston temir yo`llari tomonidan tayyorlangan rejaga ko`ra, Transafg`on temir yo`li Mozor, Samangan, Pul-e-Xumri, Qobul, Lo`gar va Jaloloboddan o`tib, oxir-oqibat Pokistonga etib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1