Konsertda bo`layotgan voqealar haqida xonandaning o`zi so`zlab berdi.
Estradamizning yorqin yulduzi Ozoda Nursaidova ayni kunlarda konsert dasturini muxlislariga havola etmoqda. Sal avval Darakchi.uz sayti ijodkorlari xonandaning konsert oldi tayyorgarlik jarayonlari haqida ma`lumotlar ulashgan edi. Xususan, Ozoda Nursaidova nashrimizga bergan intervyusi davomida konsertga bir necha kun qolishiga qaramasdan bloger Lil Xurramov bilan yuzaga kelgan mojarolarga oydinlik kiritib o`tgandi.
Noodatiy voqealar bilan boshlangan konsert kutilmagan holatlar bilan davom etmoqda. Bu haqda xonandaning o`zi ma`lumot berdi. U konsertida polga yog` sepib ketilganini ham ta`kidladi.
https://www.youtube.com/shorts/0-hOqUd6UYo
"Shukrki, hammasi zo`r o`tyapti. Mehr-muhabbatingizdan juda ham xursandman",-deydi u so`zining avvalida.
Shundan so`ng, Nursaidova konsertida yuzaga kelayotgan holatlar bo`yicha so`z ochdi.
"Albatta, bir-ikkita sarguzashtlar ham bo`lib turibti. Menda o`zi doim shunday bo`ladi. O`rganib qolganman. Pollarga sepilgan yog`lar... Hechqisi yo`q, eng muhimi sizning mehringiz ",-deydi u.
Eslatib o`tamiz, 9 may kuni boshlangan konsert dasturiga bugun yakun yasaladi.