AsosiyDunyo

​Koronavirus: Etti haftadan so`ng dunyoda kasallanish ko`rsatkichlari yana oshdi

'​Koronavirus: Etti haftadan so`ng dunyoda kasallanish ko`rsatkichlari yana oshdi'ning rasmi

Jahonda etti haftadan so`ng ilk bor koronavirus bilan kasallanish ko`rsatkichlari o`sishi kuzatildi. Bu haqda SSV yozmoqda.

Tahlillarga ko`ra, 7-13 may sanalari oralig`ida qariyb 3,4 million nafar kishida mazkur infeksiya qayd etilgan. Bu undan avvalgi haftaga qiyoslaganda, 200 mingta ko`p ko`rsatkichdir.

Shunga qaramay, xastalikdan o`lim holatlari davomli ravishda pasaymoqda. Ya`ni ketma-ket to`rtinchi haftadirki, COVID-19 tufayli hayotdan ko`z yumganlar soni 20 ming nafardan kam bo`ldi.

Mintaqalar misolida ko`rib chiqsak, Evropaning deyarli barcha mamlakatlarida pasayish tendensiyasi kuzatilyapti. Osiyo va Amerikada esa aksincha, bemorlar soni ortib bormoqda.

Yaponiyada o`tgan haftada kuniga 40 mingdan ortiq bemorga koronavirus tashxisi qo`yilgan bo`lsa, mart oyi boshidan buyon xastalanish holatlari sezilarli darajada kamayib borgan Malayziyada yana COVID-19 avj olyapti.

Qolaversa, hafta davomida Shimoliy Koreyada ilk bor 18 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingani va ulardan olti nafari vafot etgani haqida ma`lumot berildi.

AQShda ham vaziyat keskinlashgan. Hozir mamlakatda kunlik kasallanish holatlari 80 mingdan oshyapti. Bunday ko`rsatkich fevral oyi o`rtalaridan buyon qayd etilmayotgan edi. Shu sababli Qo`shma Shtatlar dunyoda kunlik statistika bo`yicha yana etakchiga aylandi.

Janubiy Amerika davlatlari orasida Kolumbiya va Braziliyada yangi epidemiyalar ro`yxatga olindi. Evropa bo`yicha esa faqat Ispaniyada epidemiologik vaziyat jiddiy tus olib, mart oyi o`rtalaridagi statistika takrorlandi.

Shuningdek, Avstraliya koronavirusning yangi to`lqini bilan to`qnash keldi. Oqibatda o`tgan haftada bu erda kuniga 50 mingdan ortiq bemorda kasallik qayd etildi.

 

    Boshqa yangiliklar